Bir kuni o`g`ri badavlat xonadonlardan biriga o`g`rilikka tushibdi. Uyda hech kim yo`qligida kelib, asta eshik qulfini buza boshlabdi. Shu payt domofon ishga tushibdi: — Assalomu alaykum! "Aqilli uy" tizimiga xush kelibsiz. Bilishimcha siz o`g`risiz va uyni ship-shiydon qilgani kelgansiz. To`g`risini aytganda, men bu uy egasini juda yomon ko`raman. Sababi u men bilan doim qo`pol muaomalada. Shuning uchun sizga eshikni o`zim ochib beraman. Shu payt eshik ochilibdi. O`g`ri esini yo`qotib qo`yay debdi. Haligi ovoz esa gapirishda davom etirmush: — Eshik oldida turgan qoplarni oling. Barcha boylik shuni ichida. Faqat tezroq ketishingiz kyerak. Bir daqiqadan so`ng signal tovushi ishlab ketadi. Tezroq! Tezroq! O`g`ri qoplarni ko`tarib, jon holatda qochib qolibdi. Uch soatdan so`ng uy egasi qaytib kelsa, domofon ishga tushibdi va debdi: — Assalomu alaykum xo`jayin! Uydagi axlatlar tashlandi! Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)