Bir erkakning ikkita xotini bor ekan. Ammo ikkala xotini ham bu haqda mutlaqo bexabar ekan. Bir kuni o`sha odam ikkala xotinini ham birga, bitta joyga dam olishga yuboribdi. Dam olishga borgan ayollar hech narsadan bexabar, bir-birlari bilan yaqin dugona bo`lib qolishibdi, birga suratlarga tushibdi. Dam olishdan qaytgach, eri birinchi xotinini oldiga borib: — Xo`sh, qanday dam olding, kimlar bilan tanishding, - dyeb so`rabdi. Shunda xotini: — Mazza qilib dam oldim. Bir ayol bilan tanishdim, - deb erining ikkinchi xotinini rasmini ko`rsatibdi. - Lekin judayam yengiltak ayol ekan, har kuni har-xil erkaklar bilan yurdi-ya, - debdi. Ertasi kuni ikkinchi xotinini oldiga borgan er, u ayoldan ham gapirib berishini so`rasa: — Adasi manavi rasmdagi ayolni qarang. Judayam yaxshi ayol ekan. Dam olishga eri bilan kelib, eri bilan ketdi, - degan ekan. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)