Bir injener ishsizlikdan nima qilishini bilmay, tavakkal bir kasalxona ochibdi. Kasalxona eshigi oldiga "Biz sizlarni benuqson davolaymiz. Agar davolay olmasak 50000 pulingizni 100000 qilib qaytaramiz", - deb yozib qo`yibdi. Yo`ldan o`tib ketayotgan bir vrach, - bularni bir boplab, 100000 pulini olib chiqib ketaman, - deb binoga kiribdi. Injener uni kutib olib, shikoyatini so`rabdi. — Men ta’mni bilmayapman. Nima yesam hammasi bir xil. — Hamshira, shishadagi suyuqlikni ichiring. — Iye, bu benzinku! — Tabriklayman, ta’m bilishingiz tiklandi. Sizdan 50000. Vrach jahl bilan pulni to`lab chiqib ketibdi. Ikki kundan keyin yana kelibdi: — Endi men hid sezmayapman. — Hamshira shishadagi suyuq dorini bu kishiga ichiring. — Bu yana benzinku... — Ana, hid bilish qobiliyatingiz ham tiklandi. 50 000 to`lab ketasiz. Vrach pulni to`lab, yana jahl bilan chiqib ketibdi. Oradan 3 kun o`tib, bu safar aniq boplayman degan maqsadda kelib debdi: — Endi men hech narsani ko`rmayapman. — Kechirasiz, biz buni davolay olmaymiz. Mana sizga 100000 pul. — Iye, bu yerda 50000 ku! — Tabriklayman, ko`rish qobiliyatingiz tiklandi. Sizdan 50000. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)