Uchta hindu gaplashmokda: Birinchisidan so`rashibdi: — Seni isming nima? — Iztopar. — Nimaga iztopar? — Odam va hayvonlarni izidan topganim uchun. Ikkinchisidan so`rashibdi: — Seniki nima? — Ucharot. — Nimaga ucharot? — Otdan ham tez yugurganim uchun. Uchinchisidan so`rashibdi: — Seni o`zingni isming nima? — Lochinko`z. — Nega lochinko`z? — Buni tarixi uzun, angliyaliklar bizga hujum qilib, ko`pchiligimizni asirga olib, qamoqqa tashlashdi. Oradan bir hafta o`tib, atrofimizda to`siq yo`qligini birinchi men ko`rgandim. Shuning uchun ismim Lochinko`z. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)