Abdurayim tog`a eski zaparojets mashinasida ketayotib, bexosdan yangi malibuni orqasidan urib yuboribdi. Malibuni haydovchisi avtomobilidan jahl bilan tushib: — Mashinamni dabdala qildingiz-ku, tuzatib berasiz, - deb baqira ketdi. Abdurayim tog`a esa pinagini buzmay: — E, qanaqa odamsan? Tirik qoldik, soppa-sog`miz shukur qilsang-chi. Mashina temir bo`lsa, topiladi, - debdi. Bu ham yetmagandek, Abdurayim tog`a mashinasi ichidan aroqni olib, - salomat qolganing uchun, - deb malibuning haydovchisiga ichirib yuboribdi. Shunda mashinasi pachoq bo`lgan malibu egasi: — Siz ham ichmaysizmi amaki?, - desa — Shoshmay tur, GAIlar kelib-ketishsin, - dermish... Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)