Yangi boylardan biri avtomobil do`koniga kiribdi. Sotuvchi: — Keling, xizmat? Sizga qanday avtomobil kerak? — Eng zo`r avtomobil xarid qilmoqchiman. — Mana Ford Fokus rusumidagi yangi model, -deb maqtab ketibdi sotuvchi. — Nimasi Fokus ekan buni?! — O`tiring marhamat, ko`rsataman. Sotuvchi rulga o`tirib, avtomobilni juda katta tezlikda haydabdi. — Hoy to`xtat, axir daraxt turibdi ro`parada, -deb baqiribdi yangi boy. — Havotir olmang, ko`zingizni yuming, hozir fokus ko`rasiz, -debdi-da, boy ko`zini yumgach, daraxtni yonidan aylanib o`tibdi. — Yangi boy xayratlanib, avtomobilni sotib olibdi. Uyga kelgach, barchaga fokus ko`rsatmoqchi bo`lib, avtomobilga o`tirishlarini aytibdi. — Endi hamma ko`zlarini yumsin, biz hozir mana shu daraxt orasidan o`tib ketamiz, bu fokus, -debdi. Yangi boy avtomobilni chunonam tez haydabdi-ki, ular ulkan daraxtga borib zarb bilan urilibdi. Pachoqlangan avtomobil ichidan yangi boyning zo`rg`a ovozi eshitilibdi: — Ming la’nat, qaysi biring ko`zingni yummaganding?! Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)