Afandi birovning bog`iga kirib, o`rik o`g`irlayotgan edi, bog`bon kelib qoldi. . — Kimsan!?—dedi bog`bon. Afandi o`rikning tanasiga yopishib olib javob berdi: — Men o`rikning yelimiman. Bog`bon yana so`radi: — Yelim ham gapiradimi? — Kechirasiz,— dedi Afandi,— bilmabman, chip-chip-chip... Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)