Afandi kimsasiz cho`lda faqat xotini ikkalasi yashar ekanlar. Taqdir taqozasi bilan xotini tug`adigan bo`lib qolibdi. Kimsasiz cho`l, qorong`i tunda, naqd ming chakirim naridan bitta doya kampirni topib kelibdi. Doya kampir ham Afandining uyida o`zidan boshqa hech kim bo`lmaganligi sababli qorong`ida chiroqni qaratib turasan, - deb chiroqni unga tutkazibdi. Afandi chiroqni qaratib turganmish, doya kampir tug`dirayotganmish. Afandi chiroqni qaratib tursa, oldin bitta kalla chiqibdi, keyin ikkinchisi va uchinchi kalla ham ko`rinayotganmish. Afandi shosha-pisha chiroqni "puf", deb o`chiribdi. Doya kampir hayron bo`lib: — Afandi, chiroqni nimaga o`chirding, - deb so`rabdi. Afandi norozi bulib: — E-e-e, onasini emsin. Chiroq qaratib tursang, bular yorug`ga qarab chiqaverarkan, - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)