O`rtoqlaridan biri Afandini uyga taklif qildi. U mehmonxonaning to`rida o`tirgan edi, eshon kirib keldi. — Qani, taqsir, buyoqqa o`tsinlar, - deb, unga o`z joyini bo`shatib berdi. Imom domla kirib keldi. Unga ham joy bo`shatib, o`zi sal pastroqqa o`tirdi. Keyin ellikboshi, birmuncha boyonlar kirib kelishdi. Afandi: — Qani yuqoriga, yuqoriga, - deb, ularni ham to`rga o`tqizvordi. Bundoq qarasa, o`zi poygakka tushib qolipti. Afandining diqqati oshib turgan edi, eshikdan bir ko`ppak it mo`raladi. Ikkala qulog`idan cho`zib uni ham ichkariga tortdi-da: — Bor, sen ham to`rga chiq! - dedi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)