Afandi bozordan o`n so`mga ot olib kelayotgan edi, yo`lda odamlar «necha pulga oldingiz» deb so`rashdi. U so`raganlarga «o`zlaringiz chamalab ko`ring, necha pulga olsa bo`ladi» dedi. Birov «o`n besh so`mga oldingizmi?» degan edi, u «besh so`m foyda qildim» dedi, boshqa bir kishi: «yigirma so`m bo`ldimi?» degan edi, «o`n so`m foyda qildim» deb keta berdi. Afandi uyiga kelgach, qizi yugurib chiqib so`radi: — Dada, otni necha pulga oldingiz? — Qizim, o`zing chamalachi, necha pulga olsa bo`ladi. — Besh so`mga oldingizmi? — Qoch, qizim! Ot tepib qoladi,— dedi achchig`lanib Afandi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)