Bir kuni Afandi uch-to`rtta o`rtog`ini uyiga boshlab keldi. Xotiniga kirib: «Bir quling o`rgilsin palov qilgin» dedi. — Voy, qiziqmisiz? Axir uyimizda na guruch bor, na go`sht, na yog` bor. Nima bor, nima yo`qligini surushtirmay-netmay, mehmon boshlab kelaverasizmi?! — Xo`p-xo`p xotin, sal o`pkangni bosib ol. Hech bo`lmasa, dasturxonga bo`sh laganni olib chiqib qo`ygin, o`zim gapning kiftini keltiraman. Xotini ham eri aytganday qilib, bo`sh laganni dasturxonga olib chiqib qo`ydi. — Og`aynilar,— dedi Afandi,— Agar uyimizda guruch, yog`, go`sht bo`lganida edi, hozir shu bo`sh laganda bug`i chiqib turgan palov bo`lardi... Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)