Sinfdoshlari bilan uchrashuvdan qaytgan eridan xotini so`ray boshlabdi: — Azamatni ko`rdingizmi? — Ha, u ahmoq katta yurist bo`lib ishlayotgan ekan. — Botir-chi? U qalay? — U tentak bosh vrach lavozimiga ko`tarilibdi. — Sardor qanday ekan? — Eh, u befahm tadbirkorlikni boshlabdi! Xotin: — Qachon siz ham ahmoq, tentak, befahm bo`larkinsiz-a...? Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)