Ayollar "LOGIKA"si: Er uyga kech qaytsa: "Kaysi jononingizning oldidan kelyapsiz?" Er uyga erta qaytsa: "Odamlarning eri kechayu kunduz tinim bilmaydi, bu kishim esa..." Er ish bilan juda band bo`lsa: "Ijarachidan farqingiz qolmadi!" Er kam pul topsa: "Bu pulga mushuk oftobga chiqmaydi-ku!" Er ko`p pul topsa: "Bosar-tusaringizni bilmay qolib, a!" Er kam ishlab, ko`p pul topsa: "Nima, qaroqchiga erga tekkanmanmi?" Er ko`p ishlab, kam pul topsa: "Shunchalik ham ahmok bo`ladimi odam?" Er uy ishlariga yordamlashmasa: "Men bu uyda cho`rimanmi?" Er uy ishlariga yordamlashsa: "Tinchgina televizoringizni tomosha kiling, ishimga aralashmay". Er gul sovg`a qilishini bilmasa: "Madaniyatsiz, o`qimagan!" Er gul sovg`a qilsa: "Shuning puliga bir kilo go`sht olsangiz, bir hafta yerdik". Er shirin gaplar bilan erkalamasa: "Dugonalarim aytgandi-ya, hammasi to`ygacha deb..." Er shirin so`zlar bilan erkalasa: "Tinchlikmi, bunaqa gaplarni kimdan o`rgandingiz?" Ayollar, shunaqa tushunib yetib bo`lmaydigan bir mo`jiza... Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)