Bir to`yda yarim tungacha bazm bo`libdi-yu oxiri o`rtakash bir otaxonni o`rtaga chaqirib: — Otaxon duo qilib bering, - debdi. Otaxon o`rtakashni oldiga kelsa, o`rtakash otaxonni qulog`iga zamonaviy BLUETOOTH mikrofonni taqib gapiring, - debdi. Otaxon o`rtakashga qarab: — Menga mikrofon ber, - desa. O`rtakash: — Otaxon gapiravering hamma eshityapti, - debdi. Otaxon jahli chiqib: — Mikrofon ber-e, - desa. O`rtakash otaxonni qo`liga bitta stakanni berib, mana mikrofon endi gapiring, - desa. Otaxon gap boshlabdi: — Mana bugun jiyanimiz Abdusattor... jiyanimiz Abdusattor, - debdi-yu. Kelinni ismi esidan chiqib qolib, stakanni orqasiga yashirib, o`rtakashga qarab: — Anu alvastini ismi nimaydi, - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)