Afandining ko`zi xira bo`lib qolgan edi, odamlar unga ko`proq yong`oq yeyishni maslahat berishdi. Afandi bozordan yarim qadoq yong`oq olib, asta chiqib ketayotgan edi, ro`parasidan bir bola chiqib salom berdi. Afandi alik olib, bolaga bitta yong`oq berdi-da, sevinib dedi: — Salom bergan bolalarni juda yaxshi ko`raman. Qani endi, boshqa bolalar ham senga o`xshash salom berishni bilishsa! Bola nariroqqa borib ingichka ovozda salom berdi, Afandi yana yong`oq uzatdi, ko`chaning o`rtasiga yetmasdanoq bola yo`g`on tovushda salom berib, yana bir yong`oq oldi, tor ko`chaga burilmasdan xirillagan tovush bilan salom bergan edi, Afandi bilib qolib: — Salomni yong`oqqa alishib yeb, tomog`ing og`rigan shekilli, tovushing chiqmayotibdi, yong`oq yema!— dedi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)