Podsho bir marosimda atoqli odamlarga to`n kiygizdi va Afandini masxara qilish uchun unga eshakning to`qimini berdi. A’yonlar qatori Afandi ham podshoni duo qilib, minnatdorchilik bildirdi, so`ng bunday dedi: — Sizlarga shohim odamlar kiyadigan to`n berdilar, menga esa, shohona lutf-karamlar qilib, o`z kiyimlarini yechib berdilar. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)