Bir fermer otaxonning oq va qora mollari borakan. U otaxondan jurnalistlar intervyu olgani kelishipti. — Otaxon bu mollaringiz bir kunda qancha suv ichishadi? — Oqimi qorasimi? — Oqi?! — 2 paqir suv ichadi kuniga... — Qorasichi??? — Uyam... — Otaxon bu mollariz kuniga qancha xashak yeydi? — Oqimi qorasimi? — Oqi?! — 4 tog`oradan xashak yeydi.. — Qorasichi? — Uyam... — Otaxon bu mollariz kuniga qancha sut beradi? — Oqimi qorasimi? — Oqi?! — 15 litrdan sut beradi bolam... — Qorasichi??? — Uyam... — Ey, otaxon odamni ezvordingiz. Savol bersak, oqimi qorasimi deysiz, oqi desak, mana buncha deysiz qorasichi desak uyam deysiz. Bu nimasi? — Ey bolam oqi uzimnikida. — Ha tushunarli qorasichi, desa... — Uyam.... dermish Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)