Bir yigit uylanibdi. Chimildiqqa kirgandan so`ng, xotiniga qarab: — Bu uy endi seniki ham, hamma narsaga teginishing va ishlatishing mumkin. Faqat bitta anavi sandiqqa tegmaysan. Teginsang kechirmayman seni, - debdi. Xotini xo`p deb 20 yil teginmabdi. Oxiri sabri chidamay sandiqchani ochibdi. Qarasa 500000 ming so`m pul bilan uch dona tuxum bor ekan. Eri kelgandan keyin so`rabdi. — Ha, mayli ochibsanda oxiri. Gap shundaki qachon senga hiyonat qilsam sandiqchaga bitta tuxum qo`yar edim, - desa Xotini: — Ha, 20 yil ichida uchta hiyonatni kechirish mumkin. 500000 ming so`m pul qanday keldi? - desa.. Er: — Bilasanmi asalim tuxumlar ko`payib ketgandan so`ng sotishga to`g`ri keldi, - dermish Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)