Podsho Afandiga buyurib qoldi: — Bugun ta’bim tirriq. Endi o`zingdan ham qiziq, kuldiradigan odam topib kel! Afandi «xo`p» deb chiqib ketdi. Bir ozdan keyin bir jinnini olib keldi. Jinni poyma-poy, almoyi-aljoyi gaplarni gapiraverib, podshoning battar ta’bini tirriq qildi. Uning g`azabi qo`zg`ab, mulozimiga buyurdi: — Bor, jinniga yuz tayoq ur, jinni keltirganga ikki yuz tayoq ur! — Ana xolos,— dedi Afandi xandon tashlab kularkan,— jinnining o`zi bitta edi, jinni keltirgan bilan ikkita bo`ldi, mana, ur degan bilan uchta bo`ldi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)