Shahar hokimining tomog`iga suyak tiqilib, o`ladigan bo`lib qoldi. Qaratmagan tabibi qolmadi. Hech kim chora qilolmadi. Nihoyat Afandini eslashdi, unga odam yuborildi. Afandi o`zi kelmay bir parcha qog`ozga bir nima yozib yubordi. Hokim qog`ozni ochib ko`rishi bilan bo`yni cho`zildi-yu, suyak — tomog`idan o`tib ketdi. Odamlar hayron bo`lib, kog`ozga qanday duo yozilgan ekan deb qarashsa, Afandi: — «Poraga kelgan qo`yning suyagi», deb yozgan ekan. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)