Afandining bir qizi bor ekan. Unga birdan uch yigit oshiq bo`libdi. Uchalasi uch yurtdan ekan, birinchisi: o`zbek, ikkinchisi: rus, uchinchisi: nemis ekan. Afandi ularga shart qo`yibdi: — O`zingizga yoqqan gulni olib kelinglar. Ular olib kelibdi. — Endi har kim o`zi olib kelgan gulni yesin, - debdi. O`zbek lola olib kelgan ekan, uni bemalol yebdi. Rus atirgul olib kelgan ekan. U gulni yeyar ekan, ham kularmish, ham yig`larmish. — Nega yig`layapsan, deb so`rashsa — Atirgulning tikani bo`g`zimga tiqilyapti, - dermish. — Unda nega kulayapsan, -deb surashsa — Anu nemis kaktus ko`tarib kelyapti, - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)