Yoshi ellikdan oshgan, soch-soqoli oqargan odam yosh bir qizga uylanibdi, sartaroshga borib: — Usta, yaqinda uylandim. Sizga malol kelmasa, shu sochimdagi, soqolimdagi oqlarni olsangiz, - debdi. Sartarosh pinagini buzmay mijozning soch-soqolini tagidan qirtishlab olibdi. So`ng olingan sochlarni haligi kishining oldiga qo`ydi. — Kechirasiz, juda shoshilinch ishim chiqib qoldi. Sizga malol kelmasa, oqlarini ajratib tursangiz, - deb chiqib ketibdi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)