Afandi zamonning zayli bilan boshqa bir shaharga borib qoldi. U bozorni tomosha qilib yurgan edi, holvapurushning do`konida turgan har xil holvalarga ko`zi tushib qoldi. Afandining og`zidan suvi keldi-da, holvalardan olib, yeyaverdi. Buni ko`rgan holvapurush qo`liga kaltak olib, uni savalay boshladi. Afandi tayoqning zarbini pisand qilmasdan, holvani to`yguncha yedi, keyin: — Bu shahar xo`p ajib shahar ekanu, holvapurushlari odamni urib holva yedirgani yomon ekan, - deb keta berdi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)