Afandining xotini o`lib, bir tul xotinga uylandi. Bu xotin bo`lar-bo`lmasga janjal ko`tarar... — O`lgan erim undoq edi, bundoq edi, — deb yig`lar edi. Afandi bir kuni undan balandroq ovoz chiqarib yig`ladi. Xotin hayron bo`lib so`radi: — Men-ku o`lgan erimni eslab yig`layapman, siz nega yig`laysiz? Afandi piq-piq yig`lab turib javob berdi: — Agar o`sha sho`rlik ering o`lmaganda, sen tul qolmagan bo`lar edingu, myen senga uylanmagan bo`lar edim... Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)