Institutda dars beradigan domla kasal bo`lib qolibdi. Domlani bir talaba ko`rgani kelibdi. Talaba: — Ha, domla nima bo`ldi? Itdek ozib ketibsizku! Domlani bu gapdan keyin battar mazasi qochibdi. Keyin yana bir talaba domlani ko`rgani kelibdi. Domla ikkinchi kelgan talabaga, birinchisini yomonlab ketibdi. Qara men o`zim o`qitib, talim bergan shogirdim meni itga tenglashtirdi. Ikkinchi talaba: — Eh, domla hafa bo`lmang. Yaxshi bo`lib sog`ayib ketasiz, cho`chqaday semirib ketasiz hali. Domla avvalgidan ham battar bo`lib qolibdi. Keyin domlani eng yaqin do`sti kelibdi. Keyin domla do`stiga talabalarni ikkisini ham yomonlabdi: — Ey do`stim, men o`zim o`qitib odam qilgan shogirdlarimni qara, bittasi itga, ikkinchisi cho`chqaga tenglashtirdi nomardlar! Bu gaplarni eshitib do`stini jahli chiqib ketdi: — Do`stim, sen umuman ko`nglinga olma. Bu ikkala shogirding ham aslida odamdan emas, eshakdan ta’lim olgan ekan! Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)