Ichak uzdi
-Dadasi, agar yo`lda ketayotib bir jamadon dollar topib olsanggiz nima qilardingiz?
-Tezda uyg`onib ketishga harakat qilardim.

Agar sizni xotiningiz juda-yam uyquchi bo`lsa, tongda budilnik tovushiga ham uyg`onmasa, buni yo`li oson:
Begona ayolni ismini aytib uyg`oting!
Begona ayolni ismini aytib uyg`oting!
Nabira bobodan so`radi:
— Bobo, buvim bilan qayerda tanishgansiz?
— Internetda.
— Yo`g`-e, sizning davringizda internet bo`lmagan-ku!
— Menga qara, qaysi buvingni nazarda tutyapsan o`zi?

Angliyalik lord qasriga keldi. Xizmatkor eshikni ochdi-da, lord ichkariga kirishi bilan dedi:
— Ha, piyonista, qari eshak, yana molday ichdingmi?
— Yo`q, Jon, ichganim yo`q, dorixonaga kirib qulog`imga eshitish moslamasini xarid qildim.

Tarix va kelajakdagi ba`zi o`xshashliklar:
1941 yil. «Raykom» yopiq. Hamma frontga ketgan.»
2017 yil. «Maktab yopiq. Hamma biznes qilishga ketgan.»

Jurnalist jurnalistga dedi:
— Yur, bizam bi-ir restoranga boramiz!
— Yo`q, men parhezdaman.
— Parhez? Qanaqa parhez?
— «Moliyaviy taqchillik» degan parhez.
— Yur, bizam bi-ir restoranga boramiz!
— Yo`q, men parhezdaman.
— Parhez? Qanaqa parhez?
— «Moliyaviy taqchillik» degan parhez.
Ikki do`st janjallashyapti:
— Sen do`st emas, yaramas ekansan! Ko`nglim qoldi sendan! Ishon, hatto janozanggayam kelmayman!
— Men bo`lsam, sening janozangga kelaman.

Telefon jiringladi. Yigit go`shakni ko`tardi.
— Allo! Kimsiz?
— Biz «Lotto» lotoreya o`yini firmasidan bezovta qilyapmiz. Falon-falon raqamli lotoreya siznikimidi?
— Nimaydi?
— Falonchi falonchiev siz bo`lasizmi?
— Ha, men.
— Hurmatli mijoz, siz so`nggi lotoreya o`yinimizda bosh sovrin hisoblangan lo`li bolani yutib oldingiz. Agar yetti kun ichida yutuqni olib ketmasangiz, uni urug`-aymog`i bilan qo`shib uyingizga olib borishga majbur bo`lamiz!

Umrida birinchi marotaba parashyutdan sakrash arafasida turgan askar starshinadan so`radi:
— Agar osmonda parashyutim ochilmay qolsa, nima bo`ladi?
— Parashyutni taxlagan omborchi askar ikki oygacha maoshdan mahrum etiladi.

Armandan so`rashdi:
— Nega xudo mushuklarni qorong`ida ham yaxshi ko`radigan qilib yaratgan?
— Chunki chiroq yoqib-o`chiriladigan tugmachaga mushuklarning bo`yi yetmaydi.