Latifa matni:
— Shikoyatingizga tushundim, - dedi psixiatr bemorga.
— Demak, alaq-chalaq tushlar ko`rasiz. Sizni qandaydir yovuz kuchlar ta’qib qiladi, tutib olib uradi. Bu ham yetmaganday baqirayotganda uyg`onib ketasiz-u bu dahshatlardan qutulasiz, shundaymi?
— Hamma gap shunda-da, do`xtir, - dedi bemor yig`lamsirab. Dahshat to`xtamaydi, davom etadi. Uyg`onishim bilan “yalpayib yotavermasdan tursangizchi, bolani bog`chaga olib borishingiz kerak!” - degan chinqiriqni eshitaman.