Latifa matni:
Bir qizcha yo`l bo`yida yig`lab o`tirgan ekan.
Bir kishi kelib:
— Nega yig`layapsan, - deb so`rabdi
Qizcha "1000 so`m pulini yo`qotib qo`yganini", aytibdi.
Haligi kishi qizchaga 1000 so`m beribdi.
Qizcha yana ham qattiqroq yig`labdi.
— Yana nega yig`layapsan, - deb so`rasa
Qizcha:
— Yo`qotmaganimda 2000 so`m bo`lardi, - dermish.