Bir kishi xotini yaxshi
Latifa matni:
Bir kishi xotini yaxshi eshitmay qolayotganidan tashvishga tushibdi. U xotiniga eshitish uskunasi olib berishga qaror qilibdi. Xotiniga bu haqda qanday aytishni bilmabdi va dastlab buni muhokama qilish uchun shifokorga boribdi.
Shifokor unga uy sharoitida oddiy sinov o`tkazishni, keyin tashxis qo`yishi mumkinligini aytibdi. Va sinovni qanday o`tkazishni tushuntiribdi.
— Xotiningizga 12 metr masofadan biror savol berib ko`ring. Agar savolingizga javob bermasa, yaqinroq borib savolingizni takrorlang, masofa 9 metr bo`lsin. Agar yana javob qaytarmasa, 6 metr masofadan savolingizni takrorlang, keyin 3 metrdan. Xullas, u savolingizga javob bermaguncha yaqinlashavering. Shunda uning qulog`i qanchalik og`ir ekanligini aniqlab olamiz.
O`sha oqshom xotin oshxonada ovqat tayyorlayotgan, er esa o`z xonasida ishlayotgan ekan. Er ichida o`ylabdi: “Hozir undan taxminan 12 metr uzoqdaman. Shifokor maslahatini bajarishning ayni vaqti”.
— Azizam, nima ovqat qilyapsan?
Hech qanday javob bo`lmabdi. Er yo`lakka chiqibdi va savolini takrorlabdi.
— Go`zalim, nima ovqat? Yana jimlik. U yanada yaqinroq boribdi. Ular orasidagi masofa olti metr ekan.
— Shirinim, nima ovqat qilyapsan? Lekin hech qanday javob bo`lmabdi. Er oshxonaga kiribdi.
— Nima ovqat yeymiz? Afsuski, bu safar ham xotini indamabdi. Er xotining yoniga yaqinlashibdi.
— Sevgilim, nima ovqat qilyapsan?
Xotini unga o`girilib qarabdi.
— Azizim, eshitmayapsizmi, beshinchi marta aytyapman, tovuq!
Ijtimoiy tarmoqlarda:Bir kishi xotini yaxshi eshitmay qolayotganidan tashvishga tushibdi. U xotiniga eshitish uskunasi olib berishga qaror qilibdi. Xotiniga bu haqda qanday aytishni bilmabdi va dastlab buni muhokama qilish uchun shifokorga boribdi.