Latifa matni:
Sirk direktorining telefoni jiringlabdi.
— Allo, sizlarga gapiradigan ot kerakmi?
Direktor jahli chiqib telefonni qo`yibdi. Telefon yana jringlarmish:
— Allo, sizlarga gapiradigan ot kerakmi?
Direktor yana trubkani qo`yib qo`yibdi. Yana qo`ng`iroq:
— Menga qara noinsof! Menga tuyoqlarim bilan raqam terish oson deb o`ylayapsanmi?