Latifa matni:
Harbiy komissariyatda tibbiy ko`rik. Ikki egizakdan biri tekshiruvdan chiqibdi.
— Nima bo`ldi? so`rabdi Husan.
— Armiyaga yaroqsiz ekanman, olishmadi, - debdi Hasan.
— Unda mening o`rnimga ham kirib chiq, armiyaga borgim kelmayapti. Hasan xo`p deya, yana ko`rikdan o`tish uchun kirib ketibdi. Birozdan so`ng chiqib dermish:
— Husan, seni armiyaga olishdi!