Latifa matni:
— Oyijon, bugun maktabimizda bitirish kechasi bo`lib o`tadi. Brilliant uzugimni taqsam maylimi?
— Yo`q! Mumkin emas!
— Nega endi mumkin emas?! Yangi yilga sovg`a qilingan tilla zanjirni taqish mumkin emas, 8 martda sovg`a qilingan "Matiz"ni minish mumkin emas — buvimnikida chang bosib yotibdi. Sakkizta lama paltoim bor, birortasini kiyib ko`chaga chiqqanim yo`q! Qachon mumkin bo`ladi, qachon?!
— Ona qizim, adang nafaqaga chiqqandan so`ng! Hozircha u oddiygina DAN xodimi, shuning uchun mumkin emas!