Afandining oshnalaridan
Latifa matni:
Afandining oshnalaridan biri yangi imorat soldi-da, ko`z-ko`z qilish uchun Afandini aytdirib yubordi va ertadan-kechgacha olib yurib, imoratni ko`rsatdi.
Yura berib Afandining qorni juda ochdi, ammo oshnasi ovqat to`g`risida og`iz ochmas va uyma-uy yurar edi. Afandi nihoyat oshxona oldida to`xtadi-da, unga diqqat bilan qaray boshladi. Oshnasi undan so`radi:
— Oshxona yoqib qoldi deyman-a?
— Ha, oshxonani juda boplabsiz,— dedi Afandi,— shunday qilibsizki, kirgan kishining darrov ovqat yegisi keladi!— dedi.
Ijtimoiy tarmoqlarda:Afandining oshnalaridan biri yangi imorat soldi-da, ko`z-ko`z qilish uchun Afandini aytdirib yubordi va ertadan-kechgacha olib yurib, imoratni ko`rsatdi.