Latifa matni:
Uzoq yo`lga qatnaydigan avtobusda yigit bilan qiz yonma-yon o`tribdi. Yo`l bo`yi yigit oynadan tashqariga qarab xayol surib ketaveribdi. Uning indamasligidan siqilib ketgan qiz telefoniga o`zining raqamini terib yigitni turtibdi.
Yigit qarasa qiz narigi tomonga qarab turgan ekan. Qo`lidagi telefonda esa raqamlar yozilganmish. Buni ko`rgan yigit telefonidan hisobni tekshirish raqamini teribdi. So`ng telefonini qizga qaratib o`zi yuzini nari buribdi. Qiz uning telefonida: –(minus) 2.66$ degan yozuvni o`qib:
— Ey, xudo nima bo`lsa ham tekin gudok tashlab o`ynamasinda, – dermish.