Latifa matni:
Shifoxonada majlis bo`lmoqda. Pulmonolog(o`pka shifokori) o`rtaga chiqib:
— Mening maoshimni 2 barobar ko`tarishingiz kerak. Chunki insonda o`pka ikkita bo`ladi.
— Qabul qilamiz, joyingizga boring.
Shundan so`ng quloq, ko`z, buyrak shifokorlari ham shuni talab qilishibdi. Hammalarining
talablari qondirildi. Keyin bir shifokor o`rtaga chiqdi. Rahbarlar so`radi:
— Siz kimsiz?
— Stomatologman.
— O`tiring joyingizga!