Latifa matni:
Qotillikda ayblangan odamni sud qilishyapti. Sudya:
— Siz xotiningizni bolta bilan o`ldirgansiz!
Sud zalidan ovoz keldi:
— «ABLAH!!!».
Sudya:
— Siz yana qaynonangizni ham bolta bilan o`ldirgansiz.
Sud zalidan yana ovoz keldi:
— «IFLOS!!».
Sudya baqirgan odamga:
— Janob, bu kishining qabih jinoyatlari jahlingizni chiqarayotganini bilaman, lekin yana bir marta baqirsangiz, zaldan chiqazib yuboraman.
— Uzr, janob sudya, man bu kishining 22 yillik qo`shnisiman. Bu ablahdan har doim bolta so`rasam, boltam yo`q derdi.