Latifa matni:
Bir odam barda qo`lidagi qadahni aylantirib ichsammi ichmasammi, - deb o`ylanib o`tiraveribdi. Buni kuzatib o`tirgan bir krutoy yigit kelib:
— Sen o`zi ichasanmi ichmaysanmi? - deb, qadahni bir ko`tarishda ichib qo`yibdi-da, haligi odamni masxara qilib tirjayibdi.
O`ylanib o`tirgan boyagi kishi unga qaragancha, o`zicha pichirlabdi: "Ishdan haydaldim, mashinam pachoq bo`ldi, bankdan yuz million kreditim bor, xotinim tashlab ketdi, endi esa zaharimni ham mana bu ahmoq ichib qo`ydi", - dermish