Latifa matni:
Bir odam pullarini yo`qotib qo`yib Xudoga iltijo qilayotgan ekan:
— Ey xudojon agar pullarimni topib bersang, butun umr faqat yaxshi savob ish qilaman. U pullarimga boshqa ichmayman! Tinmay ibodat qilaman, - deb qo`llarini ko`kka cho`zib yig`lab turgan ekan, shunda bir chekkada pullari yotganmish.
Shunda haligi kishi tezda ko`z yoshlarini artib:
— Bo`ldi kerakmas, o`zim topdim, - dermish.