Bir kuni tushlik dasturxoni
Latifa matni:
Bir kuni tushlik dasturxoni atrofida ingliz diplomati rus siyosatchisiga shunday debdi:
— Agar mushukka ozgina bo`lsa ham gorchitsa yedira olsang, bitta ziyofat mendan.
Rus siyosatchisi shu zahoti o`ylab o`tirmasdan shartta mushukni bo`ynidan ushlabdi. Uning og`zining oldiga qoshiq to`la gorchitsani olib bergan ekan, mushuk achchiq hididan rusning qo`liga chang solib, qo`lini qonatibdi-da, tezda pastga sakrab tushibdi.
Ingliz diplomati rus do`stiga ma’noli qarabdi mushuk tomon yuribdi. Mushukning oldiga bir parcha go`sht tashlabdi-da, mushuk yeya boshlaganda, asta-sekin dumini ko`tarib, orqa teshigiga ozgina gorchitsa surib qo`yibdi.
Mushuk orqasi qizib, achishib ketayotganini sezib, joyidan sapchib turib qochibdi. Restorandagi stollardan biri tagiga kirib olib, bir oyog`ini ko`taribdi va jon xolatda shoshib orqasini yalay boshlabdi.
Ingliz diplomati rus siyosatchisiga mushukni ko`rsatarkan, shunday debdi:
— Ba’zilarga ayrim narsalarni qanday yedirish kerakligini o`rganib oldingmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda:Bir kuni tushlik dasturxoni atrofida ingliz diplomati rus siyosatchisiga shunday debdi: