Latifa matni:
Mini yubka kiyib olgan bir qiz avtobus zinasiga chiqa olmayapti, oyog`ini ko`tarsa, yubka torlik qilayotgan ekan. Keyin yubkasini orqa tugmasidan birini yechibdi-da, chiqmoqchi bo`lgan ekan, uddalay olmabdi, keyin yana bittasini yechibdi. Baribir chiqa olmabdi.
Keyin uchinchisini ham yechgan ekan, orqada turgan bir yigit uni belidan ko`tarib, avtobusga otib yuboribdi.
Shunda qiz:
— Hov shilqim, hammani oldida meni belimdan ushlashga uyalmaysanmi, — desa
Yigit:
— O`zing meni shimimni tugmalarini yechishga uyalmaysanmi, — dermish