Afandining bir savdogar
Latifa matni:
Afandining bir savdogar oshnasi uning tilla uzugiga suqlanib yurar edi.
— Afandi,— dedi u bir kuni — men sizni tez-tez ko`rib turmasam sog`inib qolaman. Uzoq safarga ketyapman, qo`lingizdagi uzugingizni bersangiz, taqib olsam, qachon uzukni ko`rsam, sizni ko`rgandek bo`lib yuraman.
Afandi uzukni berishga ko`zi qiymay, javob berdi:
— Jon birodar, men ham sizni tez-tez ko`rmasam turolmayman, qo`ying, uzuk menda tursin, qachon uzukka ko`zim tushsa: «Do`stim tilaganda bermagan edim» deb sizni eslab yuraman.
Ijtimoiy tarmoqlarda:Afandining bir savdogar oshnasi uning tilla uzugiga suqlanib yurar edi.