Latifa matni:
Uch botirni otasi, bolalarini uylamoqchi bo`lib:
— Boringlar, o`zlaringa qayliq topinglar, - debdi
Uch o`g`lon yo`lga chiqibdi va kattasi bir qizni ko`rib:
— Sizlar ketaveringlar, men shu yerdan qaytaman, - dyebdi
Ikkinchi o`g`lon yo`lga tushibdi. Ikkinchi o`g`il ham bir qizni ko`rib, u ham:
— Sen ketaver men ham, shu bilan qaytaman, - debdi
Kichik botir yo`lida davom etibdi, juda ko`p qizlarni ko`ribdi. Har qiz chiqqanda:
— Sendan zo`ri chiqadi, - dermish.
Toqati toq bo`lgan oti, bir qizni ko`rib:
— Sen ketaver, men ham shu yerdan qaytaman, - deb gapirib yuboribdi.