Latifa matni:
Bir kuni shifokor ruhiy kasallarni tekshirgani kelibdi. Bir bemor poyafzalni qo`liga olib, “Tuzik qara, bizni tekshirgani shifokor kelibdi”, - deb turgan ekan, shifokor shu bemorning yoniga kelib:
— Sen nega it bilan gaplashib o`tiribsan, - deganda
— Doktor bu it emas poyafzal-ku, - deb javob beribdi.
Shifokor xursand bo`lib:
— Nega bu insonni bu yerda olib o`tiribsizlar? Axir u soppa-sog`-ku.
Bemor poyafzaliga qarab:
— Tuzik ko`rdingmi bizning gapimizga shifokor ishondi - deb xursand bo`libdi.