Latifa matni:
— Onajonisi tug`ilgan kuninga nima sovg`a qilay?
— Voy dadajonisi, o`zingiz bilasizku nozikkina barmoqlarimga, uzun kelishgan bo`ynimga va chiroyli bejirim quloklarimga mos biror narsa olaqoling.
— Bo`ldi, tushundim, - debdi er.
Kechqurun ishdan qaytishida xotiniga sovg`a qilib "Fabienne" sovunini ko`tarib kelibdi...