Latifa matni:
Bir shofyor mashinasida har kuni kira qilarkan.Uyiga yarim kechasi kelib, erta tongda chiqib ketarkan. Tabiiyki bu xotiniga yoqmasdi.
Bir kuni xotini:
— Hoy adasi har kuni kelasiz, uhlaysiz saharda yana ketasiz. Sizga tekkanimdan beri rohat nimaligini bilmayman, men axir ayolmanku, menga bir og`iz shirin gapiz ham yo`q, - debdi.
Eri:
— Mayli xotin gazga suv quy, isiganda meni uyg`otarsan, - debdi.
Xotini xursand bo`lib:
— Ho`p bo`ladi arslonim, - debdi.
Suv isitib kelib:
— Turing polvonim, suv isidi kelaqoling o`zimga, - desa
Eri esnab, ko`zini ishqalab:
— Ha yaxshi, suvni mashina radiatoriga quyib quy.