Latifa matni:
Podsho bir kuni Afandi bilan suhbat vaqtida muchal surishtirib qolgan edi, Afandi yil ag`darib ko`rib: «Muchalingiz it ekan» dedi. Podsho og`rindi:
— Jahonga sher bo`lib tanilgan bir jahongir nahot it bo`lsa. Adashmay durustroq hisobla, xech bo`lmasa yo`lbars chiqar!
Afandi javob berdi:
— Ishning bu tomonini o`ylaydigan bo`lsangiz, siz itligingizda tura beringu maqtashni menga qo`yib bering: muchalingiz fil, taqsir!