Latifa matni:
Poshshoning hovliqma vaziri bor edi. Bir kuni u maqtana boshladi:
— Dunyoda men o`qib o`rganmagan ilm-hunar, men yecholmaydigan masala yo`q!
Bu gaplardan achchig`langan Afandi so`radi:
— Shunday donishmand ekansiz, bir savol beray, javob bering?
— Marhamat.
Afandi cho`zib hushtak chaldi-da:
— Shunga to`rtta tugma qadab bering,—dedi.