Bir kishi “Microsoft”
Latifa matni:
Bir kishi “Microsoft” kompaniyasiga farrosh bo`lib ishlash uchun kelibdi. Kadrlar bo`limida u bir nechta testlardan, suhbatdan o`tibdi va unga deyishibdi:
— Tabriklaymiz, sizni ishga qabul qilamiz. Bizga o`z e-mail`ingizni qoldiring, ish jadvali haqida ma’lum qilamiz.
— Kechirasiz, mening kompyuterim yo`q,– debdi boyagi kishi, – elektron pochtam ham yo`q.
— Afsuski, u holda sizni ishga qabul qilolmaymiz. “Microsoft”ning barcha xodimlari bilan e-mail orqali aloqa qilamiz va ishimizning asosiy qismi kompyuterlar bilan bog`liq. Shuning uchun sizni ishga ololmaymiz. Bechora kishi tashqariga yo`l olibdi va kompyuter uchun qanday qilib pul topishni o`ylay boshlabdi. Cho`ntagida atigi 30 dollar puli bor ekan. Qarasa, nariroqda bir fermer bog`idan terib kelgan olmalarini sotayotgan ekan. U 10 kilo olma sotib olibdi va gavjum ko`chalardan biriga borib olma sota boshlabdi. Ikki soatda uning puli ikki barobar, olti soatdan keyin esa 10 barobarga ko`payibdi. U “Microsoft”ga ishga kirmasdan ham yashash mumkinligini tushunibdi. Bir qancha vaqtdan keyin erkak avtomobil sotib olibdi, avvaliga kichik do`kon, keyinroq magazin ochibdi. Besh yildan keyin supermarketlar tarmog`ini tashkil qilibdi.
Shundan so`ng u biznesini sug`urta qildirmoqchi bo`libdi, sug`urta agenti esa undan elektron pochtasini qoldirishni so`rabdi.
Biznesmen xuddi bir necha yil oldingi singari unda e-mail ham, kompyuter ham yo`qligini aytibdi.
– Qoyil! – debdi sug`urta agenti, – kompyuteringiz yo`q bo`la turib shunday biznesga ega ekansiz! Agar kompyuteringiz bo`lganida, kim bo`lardingiz ekan?!
Biznesmen unga jilmayib javob qaytaribdi:
– U holda “Microsoft”da farrosh bo`lardim.
Ijtimoiy tarmoqlarda:Bir kishi “Microsoft” kompaniyasiga farrosh bo`lib ishlash uchun kelibdi. Kadrlar bo`limida u bir nechta testlardan, suhbatdan o`tibdi va unga deyishibdi: