Latifa matni:
Arendaga mashina minadigan taksist daryoga baliq oviga borgan ekan. Qarmog`iga tilla baliq ilinibdi.
Baliq tilga kirib:
— Tila tilagingni bajaraman, - debdi.
Shunda taksist:
— Mening birdan-bir orzuyim yangi mashina minish, iloji bo`lsa menga mashina paydo qilib bersang, - debdi.
Tilla baliq uning so`zini eshitib:
— Naqdga olasanmi yoki "vikupgami", - debdi.
Shunda taksist baliqqa qarab:
— Sani dimlab yesammi yoki qovurib yesammi ekan, - debdi...