Yoqilg`i quyish shahobchasiga
Latifa matni:
Yoqilg`i quyish shahobchasiga yengil mashina to`xtab, ichidan bir olifta ayol tushib, kassaga pulini to`lab, kelib qarasa, mashinani eshigi qulflanib qolibdi. Kalit esa mashinani ichida qolib ketgan ekan. Shu yerda ishlaydigan yigit ayolni qo`liga sim berib, oynasini tirqishidan tiqib, eshikni ochishi mumkinligini aytibdi. Bir payt qaytib kelib qarasa, boshqa bir mashina egasi, erkak kishi qotib kulayotganmish. Sababini so`rasa, haligi erkak:
— Anavi ayol mashinasini oynasidan sim tiqyapti, eshikini ochaman deb, - debdi.
Yigit bo`lsa:
— Eshigi berkilib qolgan ekan, men aytdim. Shu kulgilimi? - desa, erkak yana kulib:
— Mashinani ichida dugonasi bor ekan, simni qaysi tomonga tiqishni ko`rsatyapti, - dermish.